Tanzaniyadagi dahshatli yo‘l halokatida 38 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 28 iyun kuni Tanzaniyaning shimolidagi Moshi hududida ikki avtobusning to‘qnashuvi oqibatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida kamida 38 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Xinhua” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, avtobuslar to‘qnashgan zahoti yong‘in chiqqan va bu ommaviy qurbonlarga olib kelgan. Vafot etganlar orasida to‘yga ketayotgan butun bir oila ham bo‘lgan.

“Halokat taxminan (mahalliy vaqt bilan) soat 17:00 da avtobuslardan birining old shinasining yorilishi oqibatida yuz bergan. Bu yong‘inga sabab bo‘lgan va har ikkala avtobus ham yongan”, deyiladi xabarda.

Voqeada 28 kishi jarohat olgan, ulardan 22 nafari allaqachon shifoxonadan chiqarilgan, qolgan 6 kishi davolanmoqda.

Mahalliy hokimiyat hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaning Oaxaka va Puebla shtatlarini bog‘lovchi avtomagistralda sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasida kamida 21 kishi halok bo‘lib, yana bir necha kishi tan jarohati olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus Tanzaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing