BAAda avtobus va yuk maşinasi töqnaşib, 11 kişi halok böldi
Olam
−
917 1 daqiqa
Birlaşgan Arab Amirliklarining (BAA) Ras-al-Xayma amirligida yölovçi avtobusi yuk maşinasi bilan töqnaşişi oqibatida 11 kişi halok böldi. Bu haqda “Gulf news” xabar berdi.
Qayd etilişiça, yöl-transport hodisasi bugun, 24 noyabr kuni Al-Vatan köçasida sodir bölgan. Voqea haqida xabar kelib tuşgaç, hodisa joyiga maxsus favqulodda vaziyatlar guruhlari, tez yordam va Fuqaro muhofazasi xizmati xodimlari yuborilgan.
Ular jabrlanganlarga tibbiy yordam körsatiş, qutqaruv işlarini olib boriş, hodisa joyini xavfsiz holatga keltiriş hamda transport harakatini tartibga soliş bilan şuğullangan.
Hozirda töqnaşuv sabablarini aniqlaş böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda. Vazirlik tekşiruv yakunlari böyiça qöşimça ma’lumot berilişini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Birlaşgan Arab Amirliklarining Fujayra amirligida 23 ta transport vositasi iştirokida yirik yöl-transport hodisasi sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi