Krasnoyarsk ölkasida avtobus va ikkita yuk maşinasi töqnaşdi. Qurbonlar bor
Olam
−
289 1 daqiqa
Bugun, 27 noyabr kuni Rossiyaning Krasnoyarsk ölkasida yölovçi avtobusi ikkita yuk maşinasi bilan töqnaşişi oqibatida tört kişi halok böldi, yana sakkiz kişi jarohatlandi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, yöl-transport hodisasi Ilansko-Nijneingaş tumanida, R-255 federal avtomobil yölining 1080-kilometrida sodir bölgan. Kansk şahridan Ilanskiy tomon harakatlanayotgan avtobus ikkita yuk maşinasi bilan töqnaşgan.
Hodisa oqibatida tört kişi voqea joyida halok bölgan. Tan jarohati olgan sakkiz kişi şifoxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli va jarohatlari oğirlik darajasi haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Ayni paytda YHXB xodimlari va politsiya hodisa joyida işlamoqda. YTHning kelib çiqiş sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Sonnam şahrida yölovçi avtobusi svetoforda töxtab turgan 32 ta transport vositasiga urilgan edi. Ertalabki tirbandlik vaqtida sodir bölgan YTH oqibatida 48 kişi jarohatlangan.
Live
Barçasi