Yo‘lovchi samolyoti Viktoriya ko‘liga qulab tushdi (video)

Olam

image

Bugun, 6 noyabr kuni Bukoba (Tanzaniya) shahrining aeroportiga qo‘nmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti Viktoriya ko‘liga qulab tushdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hozirgacha samolyot bortidagi 15 kishi qutqarib olingan. Biroq “Precision Air” aviakompaniyasiga tegishli reys bortida 49 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hozircha vafot etganlar bor yoki yo‘qligi noma’lum.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va tasvirlardan ko‘rinadiki, samolyot deyarli to‘liq suvga cho‘kib ketgan, faqat uning yashil va jigarrang dumi ko‘rinib turgani aks etgan. 

Ta’kidlanishicha, qutqaruv qayiqlari ishga tushirilgan va favqulodda vaziyatlar xodimlari samolyotda qolib ketgan boshqa yo‘lovchilarni qutqarishda davom etmoqda.

Tanzaniyaning eng yirik xususiy aviakompaniyasi bo‘lgan  “Precision Air” samolyot PW 494 reysi ekanligini aniqladi va u Bukoba shahri aeroportiga yaqinlashayotganida avariyaga uchraganini aytgan. Aviakompaniya bayonotida boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluxu Hasan  qutqaruv operatsiyasi davom etar ekan, odamlarni tinchlanishga chaqirgan.

“Men “Precision Air” samolyoti bilan bog‘liq avariya haqidagi xabarni qayg‘u bilan qabul qildim. Qutqaruvchilar qutqaruv missiyasini davom ettirayotgan bir paytda, Xudodan yordam so‘rab duo qilib, xotirjamlikni saqlaylik”, degan Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzaniya Viktoriya ko'li

Baholaganlar

267

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing