Prezident bilan vidolashuv marosimida 45 kishi halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Tanzaniyaning vafot etgan Prezidenti Jon Magufuli bilan vidolashish marosimidagi tiqilinchda kamida 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "The Citizen" xabar bergan.  

Marosim 21 mart kuni Dar-es-Salom shahridagi stadionda bo‘lib o‘tgan. 

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 45 kishi halok bo‘lgan, yana 37 kishi jarohat olgan. 

"Ular stadionga dunyoni tark etgan rahbarlariga bo‘lgan muhabbatlarini namoyish etish uchun borishdi, ammo odamlarning ko‘pligi sababli, ba’zilari sabrsizlanib, norasmiy kirish punktlaridan foydalanishni tanladi va muammo shu tarzda paydo bo‘ldi", degan Dar-es-Salom maxsus politsiya zonasi qo‘mondoni Lasaro Mambosasa. 

Eslatib o‘tamiz, Tanzaniya Respublikasi Prezidenti Jon Magufuli joriy yil 17 mart kuni 61 yoshida vafot etgandi.  

Vafot etgan Prezident mamlakatda virusga qarshi choralar va karantin joriy qilmagan. U koronavirus bilan kasallangan aholiga ibodat bilan davolanishni maslahat bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzaniya Magufuli

Baholaganlar

571

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing