Taniqli sobiq futbolchi Shomurodovning ustoziga aylanishi mumkin

Sport

image

Italiyaning “Komo” klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas “Roma”ni boshqarishi mumkin. Bu haqda “Sky Sport Italia” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, rimliklar murabbiylik lavozimi uchun bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Fabregasdan tashqari “Ayaks” bosh murabbiyi Franchesko Farioli, “Jenoa” ustozi Patrik Viyera va hozirda “Al-Nasr”ni boshqarib kelayotgan Stefano Pioli ham short-listdan o‘rin olgan.

Qayd etish joiz, ayni damga kelib, rimliklarni boshqarib kelayotgan tajribali mutaxassis Klaudio Raneri mavsum oxirida lavozimini tark etadi va klub tizimida rahbarlik vazifasini bajaradi.

Ma’lumot o‘rnida, 37 yoshli Fabregas murabbiylik faoliyatini 2023 yilda boshlagan. Dastlab, u “Komo”ning 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar jamoasini boshqargan, keyinroq esa asosiy jamoada yordamchi murabbiy va vaqtincha bosh murabbiy lavozimida ishlagan. 2024 yilda u rasmiy ravishda klub ustoziga aylangan.

Avvalroq, OAVda “Manchester Yunayted” sobiq murabbiyi Erik Ten Xag ham “Roma”ni boshqarishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Komo Sesk Fabregas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing