Tanaffus vaqtida futbolchilarga xotirjamlikka berilmaslikni uqtirdim – Islom Ismoilov

Sport

image

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ustozi Islom Ismoilov BAAga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limdagi asosiy maqsad ko‘proq gol kiritish ekanini aytdi.

“Avvalo, barchani qiyin qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Sababi buni men oson g‘alaba demagan bo‘lardim, chunki BAA Osiyoning kuchli jamoalaridan biri. O‘yindan oldin amirlik terma jamoasini o‘rganib chiqqanimizda, jamoaning asosiy muammolaridan biri hujum boshlash ekanini bildik. Birinchi bo‘limdagi asosiy strategiyamiz, asosiy maqsadimiz ko‘proq gol urish kerak edi va buni amalga oshirdik. Shuningdek, raqibga hujum tashkil etishda hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Ikkinchi taym boshida yigitlarga bo‘shashmaslikni uqtirdim, ammo mentalitetga singib ketgan narsa sodir bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda yigitlar ancha o‘yinni tashlavordi. Tarkibdagi bir qancha futbolchilarda sariq kartochka borligi sabab rotatsiya qilishga ham majbur bo‘ldik. Har uchrashuvda har bir futbolchining funksional holatini nazoratga olib boryapmiz va kerakli joyda o‘zgarishlar amalga oshirmoqdamiz”, deydi Ismoilov.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi chorak finalida BAAni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi. Islom Ismoilov qo‘l ostidagi jamoa yarim final o‘yinini 17 aprel kuni Indoneziya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi Islom Ismoilov O'zbekiston U-17 terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing