Talabalar uchun viloyatlarga avtobuslar qo‘yildi 

Jamiyat

image

Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida poytaxtdan 3 ta viloyatga qatnovchi qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, ushbu qatnovlar Ta’lim vazirligi va Transport vazirligi hamkorligida joriy yilning 23 dekabr kuni soat 10.00 dan boshlab O‘zbekiston Milliy universiteti (mo‘ljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki ta’til munosabati bilan doimiy yashash joylariga jo‘nab ketuvchi talabalar uchun tashkil etildi.

Avtobuslar qatnovi quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilmoqda:
• Toshkent — Olot (Buxoro);
• Toshkent — Qarshi (Qashqadaryo);
• Toshkent — Termiz (Surxondaryo).

Ma’lumot uchun, Toshkent-Olot (Buxoro) yo‘nalishi bo‘yicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yo‘nalishda belgilangan narxlarda xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlariga jo‘nab ketuvchi talabalar uchun alohida qo‘shimcha temiryo‘l vagonlari tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

chipta viloyatlar Talabalar avtobuslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing