Talabalar uchun qishki ta’til sanasi o‘zgargani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

OTM, kollej, litsey va texnikumlarda qishki ta’til boshlanishi sanasi 28 dekabr emas, 25 dekabr etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bergan. 

Talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo‘l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50 foizli chegirma bilan xarid qilish imtiyozi 25 dekabrdan e’tiboran qo‘llanishi belgilangan. 

Shu munosabat bilan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 25 dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddatining boshlanishi ham 25 dekabrga ko‘chirilgan. 

Avvalroq, talaba va o‘quvchilar 28 dekabrdan qishki ta’tilga chiqishi belgilangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

talaba ta'til

Baholaganlar

830

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing