Talabalar endi yotoqxonaga joylashish uchun ortiqcha hujjat yig‘maydi

Jamiyat

image

Endilikda talabalar yotoqxonaga joylashish uchun hujjat yig‘ib, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish maqsadida alohida idoralarga murojaat qilmaydi. Ushbu jarayon bitta xizmat orqali amalga oshiriladi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, buning uchun talabalar my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmati orqali murojaat qilishi kerak.

Ariza tasdiqlangach, talaba uchun elektron shartnoma va yo‘llanma shakllantiriladi. To‘lov amalga oshirilganidan so‘ng esa uning turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olingani haqidagi qayd varag‘i taqdim etiladi.

Mazkur tartibga ko‘ra, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi.

Bu tartib ertaga, 1 avgustdan kuchga kiradi.

Qayd etish joiz, avval talabalar yotoqxonaga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarini alohida amalga oshirishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta’limda yakuniy imtihonlar videokuzatuv ostida o‘tkazilishi va ularni talabaga dars bermagan professor-o‘qituvchilar baholashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing