Talaba qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan “zamdekan” qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Avvalroq, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida fakultet dekani o‘rinbosari talaba qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgani, u qarshilik qilgach derazadan itarib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi universitetda sodir bo‘lgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, joriy yilning 18 oktyabr kuni taxminan soat 16:00 larda 1984 yilda tug‘ilgan Y.Bog‘ibek o‘zining xizmat xonasida 2001 yilda tug‘ilgan K.Mushtaribonuning nomusiga tegmoqchi bo‘lganda o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda jinoiy qilmishini oxiriga yetkaza olmagan. So‘ng jinoyatini yashirish maqsadida K.Mushtaribonuni derazadan pastga itarib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi (“Nomusga tegish”) va 105-modda (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Y.Bog‘ibekka nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, shifokorlar derazadan yiqilgan Mushtariyga tos suyagi sinishi, gematomalar va miya chayqalishi tashxisini qo‘yishgan. U hali beri oyoqqa turolmasligi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

universitet

Baholaganlar

1282

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing