Taxtlar o‘yini” aktyori Las-Vegasdagi sport musobaqasida ishtirok etadi
Sport
−
08 yanvar 2297 1 daqiqa
“Taxtlar o‘yini” serialidagi roli bilan mashhur bo‘lgan islandiyalik kuchli sportchi va aktyor Xaftor Byornsson Las-Vegasdagi “Kengaytirilgan o‘yinlar” (Enhanced Games) musobaqasida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.
Byornsson faoliyati davomida bir necha bor “Dunyoning eng kuchli odami” unvoni va nufuzli musobaqalar sovrindori bo‘lgan. Endilikda u pauerlifting (shtangani ko‘tarish) bo‘yicha yangi mutlaq rekord o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Xaftorning maqsadi — 2025 yil sentyabr oyida qayd etilgan 510 kglik natijani yangilashdir.
Qayd etilishicha, dopingga ruxsat etilgan ilk “Kengaytirilgan o‘yinlar” joriy yilning 21-24 may kunlari AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa norasmiy ravishda “Steroidlar Olimpiadasi” deb ham atalmoqda.
Turnir dasturidan uchta sport turi o‘rin olgan:
- yengil atletika;
- suzish;
- og‘ir atletika.
Musobaqa ishtirokchilariga Jahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Live
Barchasi