Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik profissional bokschi, super o‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda bokschi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Bektemir Meliqo‘ziyev joriy yilning 22 fevral tongida AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomining asosiy kardida ringga ko‘tariladi. Bektemirga o‘sha kuni Gana vakili Sena Agbeko raqib bo‘ladi.

Oqshomning markaziy jangi yarim o‘rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barrios va sobiq jahon chempioni Rayan Garsiya o‘rtasida kechadi. Ikkinchi asosiy bahsda esa Richardson Xitchins o‘z kamarini Oskar Duartedan himoya qilishga urinib ko‘radi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda  hozirgacha 17 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. 33 yashar Sena Agbeko hisobida esa 29 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

Las-Vegas Bektemir Meliqo'ziev Sena Agbeko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing