“Taxtaqoracha” dovonidagi fojia qurbonlari soni ochiqlandi
3-sahifa
−
06 noyabr
30877Bugun, 6 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan o‘tuvchi “Taxtaqoracha” dovonida Cobalt rusumli avtomobil ustiga tosh yumalab ketgandi. Buning oqibatida 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB YHXB ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 6 noyabr kuni soat 15:45 larda Kitob tuman Qaynar MFY Qaynar qishlog‘ining M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘li Taxtaqoracha dovonining 1137 kilometrida 3 nafar fuqaro ichida bo‘lgan Kitob tumanidan Samarqand shahri tomon harakatlanib ketayotgan Cobalt avtomashinasi ustiga tog‘ tepaligidan sirpanib tushgan tosh bosib qolgan. Avtomobil ichidagilarning hammasi halok bo‘lgan.
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi "Taxtaqoracha" dovonida sodir bo‘lgan hodisa sababli transport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun zaruriy choralar ko‘rildi. Ayni vaqtda dovon yo‘lida transport vositalarining harakatiga ruxsat berildi.