“Taxtaqoracha” dovoni yopildi
Jamiyat
−
19 yanvar 2022 10965 1 daqiqa
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” dovonida ko‘p miqdorda qor yog‘gani sababli turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, yo‘llarni qordan tozalash, muzlamalarni bartaraf qilish maqsadida qum-tuz aralashmasini sepish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining ''Qamchiq'' dovonidan kesib o‘tgan ayrim hududlarida kuchli qor yog‘moqda. Tuman tushgan. Yo‘llarda qor uyumlari va muzlamalar hosil bo‘lmoqda. Havo harorati -4 daraja sovuq.
Avvalroq, noqulay ob-havo sabab Urganch xalqaro aeroporti uchta parvozni qabul qila olmagani va vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust