“Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Kecha, 16 yanvar kuni soat 21:30 dan boshlab Samarqand viloyatining Urgut tumani hududidan o‘tuvchi “Taxtaqoracha” dovonida harakat vaqtinchaga cheklandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, tuman hududidan o‘tuvchi M-39 “Olmaota–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz” avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovonida qor yog‘ingarchiligi kuzatilgani hamda havo haroratining keskin pasayishi oqibatida yo‘l qoplamasining yuza qismi muzlab qolgan. 

“Shular inobatga olinib, dovon hududida transport vositalari ishtirokida avtohalokatlarning oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Taxtaqoracha” dovonining “Urgut–Kitob” yo‘nalishi bo‘yicha transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi”, deyiladi xabarda. 

Haydovchilardan mazkur yo‘nalishda harakatlanishda belgilangan cheklovlarga amal qilish, muqobil yo‘llardan foydalanish hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Taxtaqoracha” dovoni orqali o‘tadigan pulli tunnel qurilishi bo‘yicha kelishuv imzolanishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Urgut Taxtaqoracha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing