“Taxtaqoracha” dovonida harakat tiklandi

Jamiyat

image

Bugun, 17 yanvar kuni Samarqand viloyatining Urgut tumani hududidan o‘tuvchi “Taxtaqoracha” dovonida harakat qayta tiklandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Urgut tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Olmaota–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz” avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovonida ob-havo sharoiti yaxshilanigan va yo‘l qoplamasi tozalanganidan so‘ng transport vositalari harakati tiklangan.

Haydovchilardan dovon hududida harakatlanishda ehtiyot choralariga amal qilish hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlari so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, dovonda harakat 16 yanvar kuni soat 21:30 dan boshlab cheklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Taxtaqoracha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing