“Taxtaqoracha” dovonida yong‘in sodir bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
04 iyul 8399 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani “Taxtaqoracha” dovonidagi yer maydonlarida quruq o‘t yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 4 iyul kuni soat 12:08 da Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Qaynar” MFY hududidagi qir adirliklarida quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan hamda yong‘inni bartaraf etishga harakat qilmoqda.
Bildirilishicha, ushbu yong‘in “Taxtaqoracha” dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘liga xavf solmagan. Dovonda ikki tomonlama avtomobillar harakati davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgandi. 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:10 da o‘rab olingan va soat 04:05 da o‘chirilgan.
Live
Barchasi