“Qamchiq”da Lacetti to‘siqqa urilib, yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
11 iyul 2857 1 daqiqa
Bugun, 11 iyul kuni “Qamchiq” dovonida Lacetti avtomobili yonib ketdi. Bu haqda “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:50 da “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasiga dovondan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining “Toshkent–Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Lacetti rusumli yengil avtomobilda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasining qutqaruv ekipajlari tezkorlik bilan yetib borib, yong‘inni to‘liq bartaraf etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobilning elektr tizimida qisqa tutashuv yuzaga kelib, yong‘in sodir bo‘lgan. Avtomobilda yolg‘iz bo‘lgan haydovchi darhol transport vositasidan tushib, xavfsiz joyga chiqqan.
Bildirilishicha, hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumanida Gentra yonib ketgan edi.
Live
Barchasi