Ohangarondagi tog‘li hududda 5 kishi adashib qoldi
Jamiyat
−
21:24 657 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi tog‘li hududda adashib qolgan 5 nafar fuqaro qutqaruvchilar tomonidan topilib, xavfsiz joyga olib tushirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 4 oktyabr kuni soat 19:37 da “112” tizimi orqali “Chinor” MFY hududidagi tog‘li hududda dam olayotgan 5 nafar fuqaro adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng, “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasining “Beshqo‘l” navbatchilik qismi qutqaruvchilari tomonidan qidiruv ishlari boshlangan. Qutqaruvchilar soat 00:31 da 5 nafar fuqaroni topib, xavfsiz hududga olib tushgan. Shundan so‘ng, ular yashash manzillariga yuborilgan.
FVV fuqarolardan tog‘li hududlarga chiqishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, ob-havo sharoitini hisobga olish va safar yo‘nalishini oldindan belgilab olishni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi Ohangaron daryosida 1 ayol oqib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Live
Barchasi