”Taxtaqoracha”da transport harakati tiklandi
Jamiyat
−
05 dekabr
2763Bir muddat oldin Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan o‘tuvchi “Taxtaqoracha” dovonida Cobalt rusumli avtomobil ustiga tosh yumalab ketgan va buning ortidan dovonda favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilishi ma’lum qilingandi. Bugun, 5 dekabr kuni dovonda transport vositalarining harakati qayta tiklandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
“Hozirda dovon yo‘lida transport vositalarining harakati to‘liq tiklangan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tosh yumalab ketishi oqibatida 3 kishi voqea joyida vafot etgani xabar qilingandi. O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi xabariga ko‘ra, qurbonlarning 2 nafari Vengriya fuqarosi bo‘lgan.