“Taxtaqoracha”da tosh bosishi oqibatida qurbon bo‘lganlarning 2 nafari xorijlik bo‘lib chiqdi
Jamiyat
−
08 noyabr
10289Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan o‘tuvchi “Taxtaqoracha” dovonida Cobalt rusumli avtomobil ustiga tosh yumalab ketgandi. Buning oqibatida 3 kishi voqea joyida vafot etgan. Qurbonlarning 2 nafari Vengriya fuqarosi bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi xabar berdi.
Bildirilishicha, elchixona “Kitob-Samarqand” yo‘lining Qashqadaryo viloyati hududida tosh qulab tushishi oqibatida ikki nafar Vengriya fuqarosining fojiali halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilgan.
“Vafot etganlarning yaqinlariga va oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Ushbu baxtsiz hodisa, afsuski, dunyoning istalgan nuqtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida ro‘y berdi. O‘zbekiston tomoni barcha tafsilotlarni aniqlash uchun sinchkovlik bilan tergov o‘tkazmoqda. Shuningdek, halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanlariga tez orada qaytarishda to‘liq yordam berishga tayyormiz”, deyiladi xabarda.