Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining maxsus farmoyishiga asosan Taxiatosh tumaniga hokim tayinlandi. Matkarimov Ilhom Ismailovich ushbu lavozimda faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Ilhom Matkarimov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi, Davlat soliq qo‘mitasi tizimining turli lavozimlarda ishlagan. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Mo‘ynoq tumanini rivojlantirishda qonunchilik ijrosini nazorat qilish boshqarmasi prokurori hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Taxiatosh

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing