Taxiatoshga hokim tayinlandi. Avvalgi hokim qamoqqa olingan

Jamiyat

image

Bugun, 5 aprel kuni, xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining navbatdan tashqari 60-sessiyasida Doniyor Qurbonov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqolpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi xabar berdi

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi rahbari Amanbay O‘rinboyev ishtirok etdi va so‘zga chiqqan. Qurbonov Doniyor Ro‘zimbayevich Taxiatosh tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

U o‘ziga bildirilgan ishonchni ado etish, bilim va tajriba orqali hududni rivojlantirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy qo‘llab-quvvatlash, muammolarga yechim topish yo‘lida harakat qilishini aytgan. 

Ma’lumot uchun, Doniyor Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, shuningdek, Hisob palatasida bir qator mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 1 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimov korrupsiya va firibgarlikda ayblanib, qamoqqa olingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Taxiatosh Doniyor Qurbonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing