Taxiatoshga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 4 mart kuni xalq deputatlari Taxiatosh tuman kengashining navbatdan tashqari 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda Islombek Murodboyevich Sidiqov ushbu tumanga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi xabar berdi.

Sessiyaning kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Omonboy O‘rinboyev ishtirok etgan va so‘zga chiqqan.

Sessiyada Taxiatosh tumani hokimi lavozimiga Islombek Murodboyevich Sidiqovni tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan.

Taklif etilgan nomzodni tuman kengashining deputatlari qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqqan.

Sessiyada Islombek Murodboyevich Sidiqov Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Sidiqov faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha kotibiyat boshlig‘i, Xo‘jayli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.

U bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Sanoat qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qudratillo Asatullayevich To‘laganov Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Taxiatosh Islombek Murodboevich Sidiqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing