Qorao‘zak va Taxiatosh tumanlariga hokimlar tayinlandi
Jamiyat
−
07 avgust
3510Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh va Qorao‘zak tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 7 avgust kuni xalq deputatlari Qorao‘zak tuman Kengashining navbatdan tashqari 86-sessiyasida Qorao‘zak tumani hokimi lavozimiga Anvar Maxsetovich Baymuratovni tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan va u lavozimga tayinlangan. Anvar Baymuratov tayinlovga qadar Qorao‘zak tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining navbatdan tashqari 80-sessiyasida Kamiljan Kurbanbayevich Aytbayev tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.
Aytbayev faoliyati davomida Amudaryo tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Xo‘jayli tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Kamiljan Aytbayev Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 avgust kuni Furqat, Toshkent, Mingbuloq tumanlari va G‘ozg‘on shahriga yangi hokimlar tayinlangandi. Mazkur hududlarning oldingi hokimlari, xususan, Taxiatosh va Qorao‘zak tumanlari hokimlarini ham ishdan olish bo‘yicha Bosh vazir Abdulla Aripovning taklifi 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qo‘llab-quvvatlangandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr