TAQI va SamDAQI  endi vazirlikka moliyaviy qaram bo‘lmaydi

Jamiyat

−

image

Toshkent hamda Samarqand arxitektura va qurilish institutlari faoliyati transformatsiya qilinadi, ularga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, endi:

•  Samarqand arxitektura va qurilish instituti urbanizatsiya, arxitektura, dizayn, madaniy meros ob’ektini tiklash;

•  Toshkentdagi institut muhandislik, arxitektura, qurilish va qurilish materiallari texnologiyalari, raqamli qurilish yo‘nalishlariga ixtisoslashadi.


Talabalar yetakchi loyiha-qidiruv institutlari va qurilish klasterlariga biriktiriladi.

Ushbu ikki oliygohda 1 sentyabrdan xalqaro ta’lim dasturlari asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yishga ko‘rsatma berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing