Tailandda o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim joriy etildi
Jamiyat
−
16 iyul
3769Joriy yilning 15 iyul kunidan e’tiboran Tailand hukumati 93 davlat, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini joriy qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, muqaddam Tailandga fuqarolari vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 57 ta edi. Ro‘yxatga yangi 36 ta davlat kiritilgan va ular ichiga O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston ham qo‘shilgan.
Yangi tartib barcha chegara postlari orqali Tailandga tashrif buyuruvchilar uchun amal qiladi. O‘z navbatida, mazkur tartib Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida bir tomonlama joriy etildi va ma’lum muddatdan so‘ng bekor qilinishi ham mumkin.
Ma’lumot uchun, 15 iyulga qadar O‘zbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida 60 AQSH dollari evaziga 15 kunlik turistik viza olishlari mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov Tailand o‘zbekistonliklarga vizasiz tartib joriy qilinishi haqida ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi