Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

Jamiyat

image

Tailand 93 ta mamlakat, jumladan, O‘zbekiston uchun amal qilayotgan 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qilmoqda. Tailand hukumati joriy yilning 26 avgust kuni tegishli qarorni imzoladi.

Endi O‘zbekiston fuqarolari Tailandga safar qilish uchun hukumatning rasmiy thaievisa.go.th portali orqali oldindan elektron viza rasmiylashtirishi zarur.

Vizani qanday rasmiylashtirish mumkin?

Rasmiy thaievisa.go.th portalida pasport turini tanlash, safar maqsadi va rejalashtirilgan muddatni ko‘rsatish kerak;

Tizimga talab qilinadigan hujjatlarning to‘liq paketi, jumladan, xorijga chiqish pasporti skaneri va fotosuratlar yuklanadi;

Parvoz sanasiga qadar 40 AQSH dollari miqdoridagi viza yig‘imini majburiy tartibda onlayn to‘lash amalga oshiriladi.

Hujjat joriy yil 15 sentyabrdan kuchga kiradi. Ungacha O‘zbekiston fuqarolari Tailandga avvalgi qoidalar bo‘yicha tashrif buyurishi mumkin, biroq ushbu sanadan keyingi safarlar uchun e-Visa rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand Vazirlar Mahkamasi bundan ikki yil avval qabul qilingan, dunyoning 93 ta davlati fuqarolari uchun mo‘ljallangan 60 kunlik vizasiz dasturni bekor qilishni ma’qullagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing