Tadbirkorlardan kredit qarzini undirish bo‘yicha sud qarori chiqqach, penya va foizlar hisoblanmaydi

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda tadbirkorlardan soliq yoki kredit qarzini undirish bo‘yicha sud qarori chiqarilganda, penya va foizlarni hisoblash to‘xtatiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida ma’lum qildi.

Aytilishicha, tadbirkorning soliq idoralari bilan bo‘ladigan barcha nizolari ma’muriy sud vakolatiga o‘tkaziladi.  Shuningdek, tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishidagi har qanday cheklovlar olib tashlanadi.

Bundan tashqari, soliq bo‘yicha tadbirkorlarga nisbatan da’vo kiritish muddati hozirgi 5 yildan 3 yilga tushiriladi.  

Shuningdek, 2024 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlar topshiradigan bir-birini takrorlovchi va eskirgan hisobotlar tugatiladi hamda barcha hisobotlarni yagona elektron tizim orqali taqdim etish yo‘lga qo‘yilib, ularning qog‘oz shakli bekor qilinadi.
Qayd etish joizki, hozirgi kunda tadbirkorlar 140 dan ortiq hisobot doirasida 8 mingga yaqin ko‘rsatkichlarni 16 ta davlat idorasiga topshirishga majbur. Oqibatda 500 ming tadbirkor har yili bunday turli hisobotlarni tayyorlashga 300 milliard so‘m sarflashi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev oyligini oqlamayotgani va tadbirkorlar undan noroziligini aytgandi. U tadbirkorlarga soliq yukini ko‘paytirish emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlash orqali soliq bazasini kengaytirish kerakligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Shavkat Mirziyoev O'zbekiston kredit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing