Tadbirkordan pora so‘ragan “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ filiali boshlig‘i ushlandi
3-sahifa
−
17 noyabr 2021
11175Toshkent viloyatida tadbirkordan 2 000 AQSH dollari talab qilgan “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Olmaliq shahar filiali boshlig‘i va muhandisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Olmaliq shahar filiali boshlig‘i I.Sh. filialning yetakchi muhandisi F.K. bilan oldindan til biriktirib, “F.L.” MCHJ ta’sischisi E.dan pora talab qilishgan.
Ular E.dan savdo majmuasini qurishda sarflanayotgan suv uchun rasmiylashtirilgan bayonnomani bazaga kiritmaslik evaziga 2 000 AQSH dollar so‘ragan. F.K. talab qilingan puldan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi