Ta’tildagi “Arqadag‘” niqob taqib, baliq oviga chiqdi
Olam
−
16 iyul 2020
10566Ta’tilga chiqqan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov baliq oviga chiqib, barcha o‘ljasini mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga berdi. Bu haqda “Neytralnыy Turkmenistan” gazetasi xabar berdi.
“Ta’tilga chiqqan Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatdagi manzarali ko‘llardan birida baliq ovladi”, deyiladi xabarda.
“Arqadag‘” yangi baliqlarni Ashxoboddagi “Osoyishtalik saroyi” nomli Mehribonlik uyiga sovg‘a sifatida yuborgan. Buning uchun bolalar unga minnatdorlik bildirgan.
Ma’lum qilinishicha, Berdimuhamedov ushlagan baliqlar bolalar uyining barcha tarbiyalanuvchilarini to‘ydirishga yetgan.
Ahamiyatlisi, Gurbanguli Berdimuhamedov butun ov davomida tibbiy niqobda bo‘lgan. U gazeta o‘qib, mamlakati haqida so‘zlab berganda ham niqobni yechmagan.
Avvalroq, rasman koronavirus aniqlanmagan Turkmanistonda masjidlar profilaktika uchun yopilgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, mamlakatda niqob taqish ham majburiy qilib qo‘yilgan.
LiveBarchasi