Sovuqda “qaltirayotgan” maktab: Uchtepa hokimligi maqolaga munosabat bildirdi

Jamiyat

image
Maqoladan so‘ng: Uchtepadagi maktab ko‘chirilishi nega cho‘zildi? north_east

Maqoladan so‘ng: Uchtepadagi maktab ko‘chirilishi nega cho‘zildi?

Bundan ikki kun avval, Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan 297-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumi boshlangandan buyon isitish tizimi umumn ishlamagani, o‘qituvchi va o‘quvchilar sinfxonalarda ust kiyimda o‘tirgani, ko‘plab bolalar sovuq tufayli dars jarayonlarida qatnashmayotgani haqida xabar bergan edik. Kecha, 4 dekabr kuni tuman tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri O‘tkir Qurbonov maqola e’lon qilingach, maktab vaqtincha Iqtisodiyot va servis kolleji binosiga ko‘chiralayotganini ma’lum qildi. 

Ushbu tanqidiy maqola yuzasidan Uchtepa tuman hokimligi o‘z munosabatini bildirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Uchtepa tumani Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan mazkur holat atroflicha o‘rganilgan. 297-sonli umumta’lim maktabi 1990 yilda qurilgan, 1100 o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda 1141 nafar o‘quvchilarga 74 nafar o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelishmoqda.

2019 yilda mahalliy byudjet hisobidan issiqlik tizimi, xojatxona va kanalizatsiya tizimini ta’mirlash uchun 240 mln so‘m ajratilgan, shundan hojatxonalar va kanalizatsiya tizimini ta’mirlash uchun 40 mln so‘m mablag‘ sarflangan. Issiqlik tizimini ta’mirlash uchun 200 mln so‘m mablag‘ ajratilgan va 167 mln so‘m ishlatilgan.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktabning holati to‘liq o‘rganib chiqilib, o‘quvchi-yoshlarning sifatli ta’lim tarbiya olishlari va xalqaro talablar asosida zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallashlari uchun 2019 yilda kapital ta’mirlash bo‘yicha takliflar berilgan. Mazkur taklif asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustidagi “Toshkent shahri umumta’lim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 679-sonli Qaroriga muvofiq maktabda kapital ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan.

Maktab o‘quvchilari hududda joylashgan Toshkent iqtisodiyot va servis kollejida 2019 yilning 4 dekabrdan boshlab o‘qishlarini davom ettirishi belgilangan.

Maktabda kapital ta’mirlash ishlari olib borish uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tender savdolari o‘tkazilib, “Elektr montaj porloq” MCHJ tender g‘olibi deb topilgan. Joriy yilning 2 dekabr kunidan boshlab maktabda qurilish ta’mirlash ishlari boshlandi.

“Uchtepa tumani Xalq ta’limi bo‘limi bu boradagi tashkiliy masalalarni o‘z nazoratiga oladi va bajarilgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deya aytib o‘tilgan Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Uchtepa

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing