Maqoladan so‘ng: Uchtepadagi maktab ko‘chirilishi nega cho‘zildi?

Tahlil

22222228

Bir necha kun muqaddam, poytaxt Toshkentning Uchtepa tumani, “Ko‘ksaroy” mahallasida joylashgan 297-umumiy ta’lim maktabida isitish tizimi kuz-qish mavsumi mobaynida ishlatilmagani haqida xabar bergan edik. Unda bolalar sovuq xonalarda o‘tirgani, boshqa binoga ko‘chish muddati sababsiz kechiktirilganligi ma’lum qilingan. Tahririyat ijodiy jamoasi bu masalada izoh olish uchun maktabga yo‘l oldi. 

297-maktabga yetib borgan vaqtimizda boshqa binoga ko‘chish harakatlari olib borilayotganligiga guvohi bo‘ldik. QALAMPIR.UZ’da e’lon qilingan maqoladan keyin maktab vaqtincha maktab jihozlari yuk mashinalarga yuklanayotgan ekan. Aniqlanishicha, tumanda joylashgan Iqtisodiyot va servis kollejida faoliyatini yuritib turar ekan. 


Maktabdagi ko‘chish ishlarini guvohi bo‘lganimizdan so‘ng, tuman xalq ta’limi bo‘limi tomon yo‘lga tushdik. Bo‘lim mudiri O‘tkir Qurbonov bilan uchrashdik. Mas’ul shaxs holat haqida o‘z tushuntirishlarini berdi.

“Ba’zi maktablarda yig‘lagudek holatlar mavjud. Bu maktabda issiqlik tizimi yoqilgan. Biroq, yerto‘lalardagi trubalar chirigan, yomon holatda edi. Uni ta’mirlaganmiz. Baxtimizga yangi 400 milliard so‘mlik dastur chiqdi. Hozir 8ta maktabda ta’mirlash boshlangan. Qurilish-ta’mirlash ishlari ketayotgan vaqtda bolalar maktabda bo‘lmasligi kerak. O‘rikzor hududida bitta kollej bor, xolos. Ko‘chirish imkoniyati bor maktablar faqatgina shahar ichida bo‘lib, bu bolalar uchun uzoqlik qiladi. Bundan tashqari, o‘rtada “betonka” bor. Tuman hokimining bir necha maktablarni ko‘chirish bo‘yicha 31 oktyabr kundagi qarori chiqqan. Bizning qo‘limizda qarorimiz turganda, Iqtisodiyot va servis kolleji Vazirlar Mahkamasi qarori bilan veterinariya qo‘mitasiga o‘tib ketdi. Shu sababli ko‘chirish ishlari ayni vaqtda munozara o‘tkazilmoqda.

 Holat yuzasidan yanada to‘liqroq munosabatlar bildiriladi”, deydi bo‘lim mudiri O‘tkir Qurbonov. 

Maktabga borib, ko‘chish jarayoniga guvohi bo‘ldik, mas’ul shaxslar bilan suhbatlashdik. Bu holatda hammaning o‘z sabablari, ichidagi dardlari bor. Ammo ularning hammasini ham sirtiga chiqara olishmaydi. Maktab direktori holatning asl qiyofasini aytsa, kaltak uning “boshida sinadi”. Bo‘lim mudirining ham, hokimlikning ham o‘ziga yarasha sabablari bordir. Lekin bir narsa aniqki, aziyat chekayotganlar yosh bolalar, millat kelajagi bo‘lmoqda.

Bahodir Ahmedov


Maqola muallifi

Teglar

maktab ko'chirilishi

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing