Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölmoqda

O‘zbekiston

−

image

Toşkent şahrining Uçtepa tumani Çilonzor-26 mavzesida qarovsiz hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Aholi bunga qasddan zaharlaş sabab bölgan bölişi mumkinligini bildirmoqda. Holat yuzasidan Uçtepa tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Hokimlik ma’lumotiga köra, vaziyat nazoratga olingan. Mas’ul xizmatlar bilan birgalikda hodisa tafsilotlari tegişli tartibda qayd etilgaç, hududni közdan keçiriş, nobud bölgan hayvonlar va quşlarni yiğiştirib oliş işlari taşkil etilmoqda.

Hayvonlar ölimi sabablarini aniqlaş uçun vakolatli xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar jalb etiladi. Agar qonunga xilof harakatlar sodir etilgani tasdiqlansa, aybdorlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Hokimlik zaharli moddalar qöllangan bölişi ehtimoli odamlar va uy hayvonlari uçun ham xavf tuğdirişi mumkinligidan ogohlantirgan. Şu sababli fuqarolarga şubhali moddalarga qöl tekkizmaslik, bolalar va uy hayvonlarini ularga yaqinlaştirmaslik tavsiya etilgan.

Şuningdek, aholidan nobud bölgan hayvonlar topilgan aniq manzillar va hodisa tafsilotlarini aniqlaşga yordam beradigan ma’lumotlarni tuman hokimligiga yetkaziş söralgan.

Hokimlik barça holatlar aniqlanguniga qadar vaziyatni nazorat qilişda davom etişini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida mast holatda qöşnisining muşugini böğib, oyoğini qayirgan erkak 7 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing