Ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, Samarqanddagi qotillik tafsilotlari, Mo‘ynoqdagi otishma va boshqa xabarlar
Jamiyat
−
07 Sentabr 2019
70567 sentyabr sanasi ham yakuniga yetyapti. Quyida bugun O‘zbekiston va xalqaro maydonda yuz bergan eng muhim xabarlarga to‘xtalib o‘tamiz.
Kelasi o‘quv yilidan yangicha ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 sentyabr kuni “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Farmonga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda – Xalqaro tasniflagich) darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi.
10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan majmualar tugatildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 sentyabr kuni “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi
Joriy yilning 5 sentyabr kuni Rossiyaning Ryazan viloyati Mixaylov tumanidan o‘tuvchi M-5 (P22 “Kaspiy”) trassasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Ronalduning Nike`dan olgan gonorari qancha?
Krishtianu taniqli brend bilan shartnomasidan mo‘may daromad ko‘radi.
Ta’kidlanishicha, Nike Ronalduga yiliga 16,2 million yevro to‘laydi. Krishtining Nike bilan shartnomasi 2016 yil sentyabrida tuzilgan. U 2026 yil o‘rtalariga qadar amalda bo‘ladi.
Mo‘ynoqda otishma sodir bo‘ldi (video)
Mo‘ynoq tumani hududida brakonerlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlariga hujum qildi. Brakonerlar otgan o‘qlar inspektorlar avtomobilining 10 ta joyiga tekkan. Hech kim zarar ko‘rmagan.
Turkiyada 1 gektar yerdan 2, Misrda 8, Isroilda 12 ming dollarlik mahsulot olinadi. O‘zbekistondachi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 sentyabr kuni qishloq xo‘jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi.
Ramzan Qodirov Kokorin va Mamayevga imkoniyat bermoqchi
Kecha, 6 sentyabr kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov futbolchilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayevni "Axmat" klubiga jalb etishga tayyorligini bildirdi. Belgorod viloyatining Alekseyevskiy tuman sudi 6 sentyabr kuni 4-sonli koloniyadan Mamayev, Kokorin va uning ukasi Kirillni shartli ravishda shartli ravishda ozod qilish haqidagi iltimosni qondirdi. Mahkumlar 17 sentyabr kuni koloniyadan chiqib ketadi. Shu kuni Mamayev o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlaydi - u 31 yoshga to‘ladi.
Habib bugun jangga kiradi
UFC kamari sohibi Habib Nurmuhamedov bugun, 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan jangi borasida fikr bildirdi.
“Dastin juda chidamli jangchi. U o‘tgan bahsida besh raundlik jangda ishtirok eta olishini ko‘rsatib qo‘ydi. Meni bosimimni qanday qabul qilishini bilmayman. Men besh raundlik jangga tayyorgarlik olib bordim. Muddatdan avval mag‘lub etaman deb ayta olmayman. Shunisi ma’lumki, meni besh raundlik urush kutib turibdi”, dedi Habib.
Prezident savdo va xizmat ko‘rsatish sohasiga oid farmonni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Bosh prokuratura Mo‘ynoqdagi otishma yuzasidan bayonot berdi
Avvalroq, Mo‘ynoq tumani hududida brakonerlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlariga hujum qilgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy bayonot berdi. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ulardan 3 nafari ushlangan.
Hokimlikning yana bir vakolati qisqartiriladi
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, aholi o‘ziga tegishli bo‘lgan uy-joylarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun mahalliy hokimlarning qarorlari bilan 11 kunlik muddatda ruxsat oladi.
Biroq, Davlat xizmatlari Agentligi bosh maslahatchisi Oybek Xidayevga ko‘ra, shu kunga qadar amaldagi qonunchilikda noturar joyni qayta turar joy toifasiga o‘tkazish tartibi belgilanmagan. Oqibatda turli xil huquqni qo‘llash amaliyoti vujudga kelib, aholini ayrim hollarda korrupsiya va qog‘ozbozlik holatlariga olib kelishiga zamin yaratib kelgan.
Samarqandlik oilaning 5 a’zosi qotillari begona bo‘lmagan
Avvalroq, joriy yilning 14 maydan 15 mayga o‘tar kechasi Samarqand viloyati, Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida sodir etilgan qotillik ustidan sud bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Samarqand viloyat sudida Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan, fermer xo‘jaligi ishchisi 1969 yilda tug‘ilgan A.Xalbayevni, uning turmush o‘rtog‘i 1974 yilda tug‘ilgan Z.Xalbayevani, farzandlari – 1998 yilda tug‘ilgan J.Islomov, 2002 yilda tug‘ilgan A.Islomov va 2004 yilda tug‘ilgan O.Islomovni qasddan o‘ldirganlarga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi. Ma’lum qilinishicha, bir oilaning besh a’zosini o‘ldirgan qotillar begona emas, marhum oilaning qo‘shnilari bo‘lgan.
LiveBarchasi