So‘z erkinligiga qarshi har qanday urinishlarga barham berish lozim

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oxirgi yetti yil mobaynida so‘z erkinligi prinsipiga rioya qilish, xolislik, haqqoniylik, ochiqlik va shaffoflikni barcha uchun amalda barobar ta’minlashga alohida ahamiyat berilmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan ommaviy axborot vositalari soni ancha oshgan. Agar, 2016 yilda 1 514 ta ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, 2023 yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 2 140 taga yetdi. Misol uchun, jurnal va internet nashrlar soni ikki baravarga oshdi. 

Sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida O‘zbekiston so‘nggi 7 yil ichida Jahon matbuot erkinligi indeksida 29 pog‘onaga ko‘tarildi.

Ayni paytda O‘zbekiston milliy media sohasi jadal ravishda raqamli va texnologik rivojlanishni boshdan kechirmoqda. Ko‘plab nodavlat ommaviy axborot vositalariga asos solinmoqda, media bozorini takomillashtirish va rivojlantirish jarayonlari davom etmoqda. Muhimi, bunda xususiy media sektori, mustaqil elektron OAV, blogosfera o‘zining muqim o‘rniga ega bo‘lmoqda. 

So‘z erkinligi insonning asosiy shaxsiy va fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biri bo‘lib, bir qator xalqaro hujjatlar va mamlakat qonunchiligida mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Inson huquqlari va asosiy erkinliklari himoyasi to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalari erkinligi belgilab qo‘yilgan. 

Shu bilan birga, so‘z erkinligi huquqi murakkab jarayon bo‘lib, u ba’zan o‘zga shaxslarning huquq va erkinliklari poymol qilinishi ehtimolini ham yuzaga keltirishi mumkin. 

Shu sababli, OAV vakillarimizning savodxonlik darajasi, so‘z erkinligi huquqiga amal qilishda o‘zgalarning huquqlarini poymol qilmaslik borasidagi bilimlarini oshirib borish zarur.  

Umuman olganda, ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini ta’minlash, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish orqali media vositalari vakillarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, o‘rni va nufuzini ham yanada kuchaytirish lozim. 

O‘zLiDePning ayni maqsadda ilgari surayotgan so‘z erkinligiga qarshi har qanday urinishlarga qarshi turish va mustaqil nodavlat matbuot tizimini rivojlantirish tashabbusi mamlakatda ochiqlik siyosatidagi ortga qaytmas islohotlarni davom ettirishda muhim qadam hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston OAV So'z erkinligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing