Suvdan zaharlangan o‘quvchilarning 7 nafari shifoxonadan chiqarildi
3-sahifa
−
23 Sentabr
2986Avvalroq, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan Buxoro maktabida o‘quvchilar suvdan zaharlangani haqida xabar berilgandi. Maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy bo‘lib, ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘quvchilar maktab hududidagi filtrlanmagan suvdan iste’mol qilishi oqibatida sog‘lig‘idan shikoyat qilib, joriy yilning 15 sentyabrdan 19 sentyabrga qadar 12 nafar o‘quvchi o‘tkir ichak kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan. Hozirda maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy bo‘lib, ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berilgan.
Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilib, suvdan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa vositalardan kimyoviy tahlil uchun namunalar olingan. Hozirda holat yuzasidan Olmaliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, qo‘shimcha axborot berilishi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilar ovqatdan zaharlangandi. Maktab-internatiga autsors xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlanishi oqibatida 33 nafar o‘quvchi “O‘tkir gastrit” alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgandi.
Avgust oyida esa Jizzax viloyatida 2 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlandi. Bolalar yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgandi.
LiveBarchasi