Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan kema musodara qilinadi
Olam
−
13 aprel 2021
10012Misrning Ismoiliya shahar iqtisodiy masalalar bo‘yicha sudi Ever Given konteyner kemasini musodara qilishga qaror qildi. Bu haqda "Shorouk" xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan kema egasi 900 million dollar kompensatsiya to‘lagan taqdirda Ever Given qaytarib beriladi.
"Sud qaroriga binoan kema musodara qilinadi va sud nazorati ostida bo‘ladi. Suvaysh kanali ma’muriyatiga 900 million dollar miqdorida tovon puli to‘lanmaguncha uni tasarruf etish taqiqlanadi", deyilgan xabarda.
Kompensatsiya miqdoriga kemani sayozlikdan olib chiqish, uni ta’mirlash, yo‘l to‘silib qolgani tufayli zararlar uchun kanal ma’muriyati ketkazgan xarajatlar kiradi.
Ma’lumot o‘rnida, 23 mart kuni Xitoydan Rotterdamga yo‘l olgan Ever Given konteyner kemasi Suvaysh kanalidagi transport harakatini butunlay to‘sib qo‘ydi.
Natijada, bir necha yuzlab kemalar navbatda to‘plandi. 29 mart kuni kema farvaterga qaytarildi, ammo noqulay ob-havo tufayli u yana tiqilib qoldi. O‘sha kuni kechqurun esa navigatsiya to‘liq tiklandi.
LiveBarchasi