Suvaysh kanalida tiqilib qolgan kema yo‘lga tushdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Suvaysh kanalida tiqilib qolgan Ever Given konteyner kemasi bugun, 29 mart kuni ertalab sayozlikdan tortib olinib, shimol tomon yo‘lga tushdi. Bu haqda Misrdagi ushbu suv yo‘lini boshqarish manbalariga asoslanib xabar berilgan.  

"Biz kemani tiqilib qolgan joyidan olib chiqib, unga suzuvchi kuch berdik. Shundan so‘ng u shimol tomonga qarab yo‘l oldi", deyilgan xabarda. 

Avvalroq, qutqaruv guruhlari Ever Given'ni sayozlikdan olib chiqqani haqida xabar bergandik.  

Suv yo‘li bo‘ylab harakatlanish qancha vaqt ichida tiklanishi bo‘yicha esa hali ma’lumot berilmagan. 

O‘z navbatida, "The Wall Street Journal" kanal ma’muriyati rahbari Usama Rabiaga asoslanib, konteyner kemasi shu paytgacha qisman suzib o‘tgani haqida xabar bergan. 

"Bu yaxshi yangilik, biz hali oxiriga yetmadik, lekin u joyidan siljidi", degan Rabianing o‘zi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 martga o‘tar kechasi Xitoydan Niderlandiyaga yo‘l olgan konteynerlarni tashuvchi eng yirik kemalardan biri Ever Given Suvaysh kanaliga tiqilib qoldi.  Shu munosabat bilan 450 dan ortiq kemalarning tirbandligi yuzaga keldi.  

Ma’lumot o‘rnida, Suvaysh kanali Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi muhim transport yo‘lagi hisoblanadi. Kanal O‘rta yer dengizidagi Port-Said shahridan boshlanib, Qizil dengizdagi Suvaysh portida nihoyasiga yetadi. Kanal ma’muriyati Port-Fuadda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

kema Suvaysh

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing