Suvaysh kanali qanday to‘silib qolgani bo‘yicha taxminlar aytildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Suvaysh kanali ma’muriyati rahbari Usama Rabia Ever Given konteyner kemasi kanalni to‘sib qo‘ygani to‘g‘risida izoh berdi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea baxtsiz hodisa bo‘lib, u bir qator sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Kanal ma’muriyati vakiliga ko‘ra, ular orasida texnik sabablar va odamlarning xatosi mavjud. 

"Minglab kemalar kanaldan muntazam ravishda o‘tib boradi va bunday voqealar bo‘lmagan", degan Rabia. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kemalardagi tirbandlikni uch-uch yarim kun ichida bartaraf etish mumkin. 

Avvalroq, Misr rasmiylari Ever Given konteyner kemasi to‘sib qo‘ygan Suvaysh kanalini ochish bo‘yicha operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlagani haqida xabar berilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 martga o‘tar kechasi Xitoydan Niderlandiyaga yo‘l olgan konteynerlarni tashuvchi eng yirik kemalardan biri Ever Given Suvaysh kanaliga tiqilib qoldi.  Shu munosabat bilan 450 dan ortiq kemalarning tirbandligi yuzaga keldi.  

Ma’lumot o‘rnida, Suvaysh kanali Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi muhim transport yo‘lagi hisoblanadi. Kanal O‘rta yer dengizidagi Port-Said shahridan boshlanib, Qizil dengizdagi Suvaysh portida nihoyasiga yetadi. Kanal ma’muriyati Port-Fuadda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

kema Suvaysh

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing