Suv toshqinidan jabrlangan sardobaliklar qachon o‘z uylariga ko‘chib o‘tadi?
Jamiyat
−
07 iyul 2020
7322Sardobadagi suv toshqinidan jabr ko‘rgan aholi 1 sentyabriga qadar o‘z uyiga to‘liq ko‘chib o‘tadi. Bu haqda y-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot kotibi Alipasha Ahmedov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tasdiqlangan tarmoq jadvallariga asosan talafot ko‘rgan hududlarda, ichimlik va oqava suv ob’etlarini qayta tiklash ishlari joriy yilning 1 avgustiga qadar, ko‘p kvartirali uylarga yetkazilgan zararni bartaraf etish bo‘yicha ishlar 1 sentyabrga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.
Uy-joy kommunal xizmat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra Sardoba tumanidagi "Yurtdosh", "Qo‘rg‘ontepa" va "Do‘stlik", Oqoltin tumanidagi "Saxovat", "Navoiy" va Mirzaobod tumanidagi "Navbahor" mahallalarida joylashgan 148 ta (1 738 ta xonadon) ko‘p kvartirali uylardan 107 ta ko‘p kvartirali uylar (1 176 ta xonadon) talafot ko‘rgan. Talafot ko‘rgan va kapital ta’mirga muhtoj uylarni ta’mirlash uchun jami 31,7 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi.
Kapital ta’mirlash uchun 3 ta pudratchi tashkilot va Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi qurilish-ta’mirlash birigadasi jalb etilgan.
6 iyul holatiga ko‘ra, 44 ta uyda 25 tasining tom ishlari, 29 tasi fasad ishlari, 12 tasida ichki pardozlash, 26 ta uyning yerto‘la qismlari to‘liq ta’mirlash tugatilgan.
44 ta ko‘p qavatli uylarda yashovchi 55% aholi o‘z uyiga qaytdi.
Ichimlik va oqava suvlar bilan ta’minlash uchun 3 ta pudratchi tashkilot, 80 ta texnika va 270 nafar malakali mutaxassislar jalb etilgan. Bularga jami 129 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr