Ozoda Nursaidova sardobaliklarga va’da qilgan kvartiralari kalitlarini topshirdi
Madaniyat-san’at
−
01 iyul 2020 24274 1 daqiqa
Avvalroq, xonanda Ozoda Nursaidova Sardoba fojiasida uylarini yo‘qotgan 5 ta oilaga ko‘p qavatli uylardan kvartira sovg‘a qilayotgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 1 iyul kuni xonanda boshchiligida ushbu uylarning kaliti egalariga topshirildi.

Uylarning kalitlarini oilalar xonanda Ozoda Nursaidovadan qabul qilib oldilar.

Mazkur xonadonlar Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida, “Eyvalek” mahallasida joylashgan.

Xonadonlarning 4 tasi 3 xonali, 1 tasi 2 xonali bo‘lib, ular ta’mirlangan hamda mebel hamda zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr