Ozoda: Ahad Qayum javob bersin
Intervyu
−
22 mart
27392Mart oyining oxirgi o‘n kunligida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Nursaidovaning qo‘shig‘i uchun klip sur’atga olish jarayonida aktrisa Sabrina Jabborovani “Gelik” bosib ketgani keng muhokama bo‘ldi. QALAMPIR.UZ bu jarayonlarni kuzatdi va bor tafsilotlarni yoritdi.
Sabrina Jabborova video e’lon qilib, yordam so‘ragan kunning o‘zida tahririyat u bilan bog‘lanishga va voqea qanday bo‘lgani haqida to‘liq ma’lumot olishga urindi. Afsuski, aktrisa bir nechta raqamlardan qilingan qo‘ng‘iroqlar va yozilgan SMSlarni javobsiz qoldirdi.
Aktrisa holat haqida 11 mart kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga video joylab, ma’lum qildi. Uning yozishicha, klipda suratga tushayotgan boshqa bir voyaga yetmagan aktrisa operator va rejissyor Shuhrat Mavlonovning ko‘rsatmasi bilan Mercedes-Benz G-klass (“gelik”) avtomobilini haydagan, biroq o‘sha paytda u mashina boshqaruvini yo‘qotgan. Mashinaning g‘ildiraklari Sabrinaning ustidan ikki marta o‘tib ketgan: oldingi g‘ildiragi butunlay uning ustidan o‘tgan, orqa g‘ildiragi esa qizning ustida aylanib ketgan. Voqea oqibatida Sabrinaning tos suyagi singan, boshqa a’zolari og‘ir jarohat olgan.
Mazkur holat ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lganidan so‘ng 2024 yil 7 noyabrda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida 11 mart kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.
“2024 yilning 7 noyabr kuni soat taxminan 13:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Yangi O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan avtoturargohlarning birida, haydovchi voyaga yetmagan, 2008 yilda tug‘ilgan S.P. Mercedes-Benz rusumli avtomashinada harakatlanib, 2 nafar piyodani (2003 yilda tug‘ilgan J.S. va 2006 yilda tug‘ilgan Sh.E.) urib yuborgan”, deyilgan rasmiy xabarda.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Nima bo‘lganda ham bir qizning bu holatga tushib qolishi fojia va ayni damda tergov harakatlari davom etmoqda. Bu holatda kim aybdorligi tergov yakunlanib, sud qonuniy qaror qabul qilganida ayon bo‘ladi.
Tahririyat voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etadi. QALAMPIR.UZ studiyasida mehmon bo‘lgan xonanda Ozoda Nursaidova voqeani batafsil aytib berdi. Intervyuda quyidagi savollarga javob olasiz:
- Voqea qanday sodir bo‘lgan?
- Suratga olish jarayonida Ozoda Nursaidova bo‘lganmi?
- Sabrina Jabborovaga yordam berilganmidi?
- Voyaga yetmagan aktrisaning mashina boshqarishini Ozoda Nursaidova bilganmi?
- Ozoda Nursaidova aytgan boshqa kuchlar kimlar?
- Sabrina Jabborova holat sodir bo‘lganini to‘rt oy o‘tib ma’lum qilishda Yulduz Usmonovaning qo‘li bormi?
- Ozoda Nursaidova tergovga jalb qilinganmi?
- Nima uchun xonanda Sabrina Jabborovani ko‘rgani bormagan?
- Ozoda Nursaidova Sabrinaga qancha pul bergan?
- Bu ishlarda Ahad Qayum aybdormi?
Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi