Sardoba fojiasi ortidan Davlat byudjeti xarajatlariga jiddiy o‘zgartirish kiritilgani aytildi
Jamiyat
−
26 avgust 2020
7449Pandemiya, karantin cheklovlari, Buxoro viloyatida yuz bergan shamol oqibatlari va “Sardoba” suv ombori to‘g‘onining yorilishi natijasida 2020 yil uchun tasdiqlangan Davlat buyudjeti xarajatlariga o‘zgartirish kiritilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etgan Davlat budjetining 2020 yilning birinchi yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan ma’ruzasida so‘z boradi.
“Joriy yil uchun Davlat byudjeti xarajatlari 131,1 trln so‘m miqdorida, shundan respublika byudjeti xarajatlari 95,7 trln so‘m hamda mahalliy byudjetlar xarajatlari 35,4 trln. so‘m miqdorida tasdiqlangan edi. Biroq, Koronavirus pandemiyasining tarqalishi, karantin choralarining ko‘llanilishi va bahor mavsumida yuz bergan tabiiy ofat va texnogen avariyalar Davlat byudjeti xarajatlariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni talab etdi”, deydi Ishmetov.
Uning urg‘ulashicha:
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida 10 trln so‘m miqdorida “Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi” tashkil etilgan;
- Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash maqsadida tegishli Hukumat (PKM 232) qaroriga muvofiq Davlat byudjeti xarajatlari 6,1 trln so‘mga maqbullashtirilgan;
- 2020 yilning 27-28 aprel kunlari kuchli shamol ta’sirida Buxoro viloyatida zarar ko‘rgan aholi va iqtisodiy-infratuzilma ob’ektlariga 164 mlrd so‘m;
- “Sardoba suv ombori” to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan aholini qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash xarajatlariga jami 1,5 trln so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish belgilangan, shundan birinchi yarim yillikda 500 mlrdso‘m yo‘naltirilgan.
Yuqoridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, Davlat byudjetining shu yilning birinchi yarim xarajatlari 64 trln 879 mlrd so‘mni yoki YAIMga nisbatan 25,4 foizni tashkil etgan.
Hisobot davrida byudjetdan 28 trln 100 mlrd so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar o‘z muddatlarida to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlangan va bu jami yarim yillik xarajatlarning 48,4 foizini tashkil qilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr