Surxondaryodagi uyda gaz portladi
3-sahifa
−
19 Oktabr 2022
7005Bugun, 19 oktyabr kuni kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidagi xonadonda gaz portladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Portlash Uzun tumani “Mehnat” MFY Surxonboshi ko‘chasidagi uylardan birida yuz bergan. Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga hodisa haqida soat 2:43 da xabar tushgan.
Hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilgan.
Taxminlarga ko‘ra, portlash yashash uyining yerto‘lasida bo‘lgan maishiy gaz balloni reduktoridan sizib chiqqan tabiiy gaz xonaga to‘plangani sabab yuzaga kelgan.
Qayd etilishicha, chaqnash oqibatida xonada bo‘lgan uy egasi va uning farzandi turli darajada kuyish tan jarohati olgan, ayni vaqtda ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi xonadonda gaz portlashi oqibatida 8 yashar bola vafot etgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi