Surxondaryoda jayrani shafqatsizlarcha o‘ldirgan shaxslar jarimaga tortildi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2022
10547Avvalroq O‘zbekistonning muhofaza qilingan hududida fuqarolar jayralarni shafqatsizlarcha o‘ldirgani haqida xabar bergan edik. Holat bo‘yicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat “Ekologik patrul” guruhi o‘rganish o‘tkazib, natijasi haqida ma’lumot berdi.
O‘rganishlarda videotasvirda ko‘rsatilgan holat sodir etilgan manzil va fuqarolarning shaxsi aniqlangan.
Sariosiyo tumani, “Shabnam” MFYda yashovchi fuqarolar O‘.Ya. va D.S. Hisorak qishlog‘iga yaqin tog‘oldi adirlikda jayrani noqonuniy ovlagan. Bildirilishicha, holat bundan 4 yil avval sodir bo‘lgan.
Fuqarolar bu bilan O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 42-moddasi va “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunining 17, 27-moddalari talablarini buzgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 90-moddasi prim-1 qismi bilan huquqbuzarlarning har biriga 3 million so‘mdan jarima va 1 million 800 ming so‘mdan tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan.
LiveBarchasi