Toshkent hayvonot bog‘ida sher va jayralarga tosh otgan erkak jazolandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent hayvonot bog‘ida sher va jayralarga tosh otgan erkak 2 mln 884 ming so‘m miqdorda jarimaga tortildi. Bu haqda hayvonot bog‘ining matbuot xizmati xabar berdi.

Ichki ishlar organlari profilaktika inspektori qaroriga ko‘ra, qoidabuzarga 2 mln 884 ming so‘m miqdorida jarima solingan. Shuningdek, u qilgan ishi uchun uzr so‘ragan.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa joriy yilning 13 avgust kuni sodir bo‘lgan. Tashrif buyuruvchilardan biri sher va jayralarga tosh ota boshlagan. Jayralar volyeri ochiq bo‘lgani sababli, tashlangan toshlar hayvonlarga ham tekkan.

Hayvonot bog‘i ma’muriyatiga ko‘ra, erkakning xatti-harakatini uning farzandi ham takrorlagan va u ham hayvonlarga tosh ota boshlagan. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchi toshlar hayvonlarga tekkanidan so‘ng qarsak chalib, bu holatdan mamnun bo‘lganini namoyon etgan.

Shundan so‘ng, videokuzatuv kameralari yozuvlari orqali qoidabuzarni aniqlash ishlari olib borilgan va unga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘proq kuzatuvchi yig‘ish uchun mushuk bolasini baland to‘siq orqali otgan yigit jazolangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing