Surxondaryoda YTH! Haydovchi qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 9 may kuni soat 03:20 larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, “Shifobuloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1322 km.da oqibati o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

“Toshkent-Termiz” yo‘nalishi bo‘ylab “KamAZ” rusumli yuk transport vositasida harakatlanib ketayotgan haydovchi 1974 yilda tug‘ilgan F.J. boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘ldan chiqib ketib YTH sodir etgan.

Natijada, haydovchi 46 yoshli F.J. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

181

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing