Surxondaryoda o‘qituvchi 180 ming dollarga narkotik sotayotganida qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
09:02 4094 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida o‘qituvchi 180 ming dollarga narkotik sotayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro muqaddam tojikistonlik narkokurerlar keltirib bergan 14 kg 680 gr “opiy” moddasini shartli xaridorga 180 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda narkosavdogarning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida qariyb 21 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini saqlab kelgan shaxslar ushlangandi.
Live
Barchasi